add

O‘zbekistonda ichki qatnovlar uchun aviachipta narxining 25 foizi qaytariladi

14.05.2025 | 18:001492

O‘zbekistonda ichki reyslarga aviachipta sotib olgan yo‘lovchilar uchun narxning bir qismi — 25 foizi qaytariladi. Bu imtiyoz faqat ekonom-klass chiptalariga va rezident aviatashuvchilarga tatbiq etiladi.

O‘zbekistonda ichki qatnovlar uchun aviachipta narxining 25 foizi qaytariladi
Vazirlar Mahkamasi 7 may kuni qabul qilgan 302-sonli qarorga muvofiq, Uzbekistan Airways uchun amal qilib kelayotgan ichki reyslarga oid maxsus tariflar va subsidiyalar endilikda mamlakatdagi barcha rezident aviatashuvchilarga tatbiq etiladi. Shu asosda ular orqali ichki reyslarga sotib olingan ekonom-klass chiptalari narxining 25 foizi qaytariladi. Qaytariladigan summa, chipta narxi va yo‘nalishlar ro‘yxati maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi. Bu orqali mintaqaviy aviatashuvlarni rag‘batlantirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 fevraldagi 100-sonli hujjatiga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Mazkur hujjat avvalroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasining ichki reyslariga nisbatan imtiyozlarni belgilagan edi. Endi esa ushbu tartib barcha mahalliy aviakompaniyalarga joriy etilmoqda. Moliyaviy yordam ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash, yurtdoshlarning viloyatlar bo‘ylab sayohatini arzonroq qilish va aviareyslarga talabni oshirish maqsadida amalga oshiriladi.  

Teglar

Mavzuga oid