add

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar ulushi keskin o‘sdi

30.09.2025 | 11:3025393

O‘tgan to‘rt yilda mamlakatda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ortib, joriy yilning 8 oyida aholining 94,2 foizi internet tarmog‘idan foydalangan.

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar ulushi keskin o‘sdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston aholisining 94,2 foizi internetdan foydalangan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. 2021 yilda internetdan foydalanuvchilar ulushi 76,6 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib 83,9 foizga yetdi. 2023 yilda esa ushbu raqam 89 foizni tashkil etdi. Keyingi yilda, ya’ni 2024 yilda internet qamrovi yanada kengayib, 93,3 foizga ko‘tarildi. Joriy yilning dastlabki sakkiz oyida esa aholining qariyb to‘liq qismi internetdan foydalanishi qayd etildi. Bu raqam mamlakatda raqamli transformatsiya jarayonlari, telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishi hamda mobil internet xizmatlariga talab ortib borayotganidan dalolat beradi. «Tolibon» butun Afg‘onistonni simli internetdan uzib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, 29 sentyabr tongidan boshlab bir nechta tarmoqlar bosqichma-bosqich o‘chirilgan. Hozirda telefon aloqasi xizmatlarida ham uzilishlar qayd etilmoqda. AQSH Davlat departamenti vakili Elizabet Stiknining izohida «Tolibon»ning bunday cheklovlari «katta xavotir» uyg‘otishini aytdi va bu oddiy afg‘onlar hayoti hamda iqtisodiga salbiy ta’sir qilishini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid