add

O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki mablag‘i evaziga 58 ta yangi maktab quriladi

15.05.2025 | 15:4036923

O‘zbekiston hukumati Islom taraqqiyot bankidan 200 mln dollar jalb qildi. Bu mablag‘ga 58 ta maktab barpo etilib, 72 ming nafar o‘quvchi uchun yangi joy yaratiladi.

O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki mablag‘i evaziga 58 ta yangi maktab quriladi
Prezident tashabbusi bilan joriy yilda mamlakatda 58 ta yangi maktab quriladi. Bu maqsadda Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar mablag‘ jalb qilingan. Mazkur loyiha 72 ming nafar o‘quvchi uchun yangi o‘quv o‘rinlarini yaratishni nazarda tutadi. Qo‘shimcha ravishda viloyat hokimlariga BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar va Janubiy Koreya kabi davlatlardan xalqaro investorlarni jalb etish va mahalliy tadbirkorlar orqali har bir hududda 10 million dollarlik maktab qurish loyihalarini amalga oshirish vazifasi yuklatildi. Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishda xususiy sheriklik alohida o‘rin tutayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan maktab va bog‘chalar uchun xususiy sheriklik loyihalarini e’lon qilish muddati 45 kundan 30 kunga qisqartiriladi. Joriy yilda kamida 100 ta bunday loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda. Bog‘chalarga qamrov 7 yilda 700 mingdan 2,3 million bolagacha yetkazildi. bugungi kunda mamlakat bo‘ylab 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bog‘cha faoliyat yuritmoqda. Ammo Prezident ta’kidlashicha, sifati jihatidan hali bajariladigan ishlar ko‘p. Endilikda ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’lim dasturlari uyg‘unlashtiriladi. Singapur tashkiloti bilan hamkorlikda bolalarni tanqidiy va ijodiy fikrlashga o‘rgatuvchi dasturlar joriy etiladi. Shuningdek, bog‘cha tarbiyachilari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Teglar

Mavzuga oid