add

O‘zbekistonda issiq kunlarda tez yordam chaqiriqlari 250 mingga yetdi

07.07.2025 | 18:4030823

O‘zbekistonda iyul oyida kuzatilgan anomal issiq kunlar davomida tez tibbiy yordam xizmatiga 247 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushdi. Asosiy chaqiriqlar shoshilinch holatlar va surunkali kasalliklar bilan bog‘liq bo‘ldi.

O‘zbekistonda issiq kunlarda tez yordam chaqiriqlari 250 mingga yetdi
O‘zbekistonda 2—5 iyul kunlari mamlakat hududida juda issiq ob-havo kuzatildi. Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bu kunlarda ayrim joylarda harorat 46 darajagacha ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda respublika bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmatlariga jami 247 ming 459 ta chaqiriq kelib tushgan. Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G‘afurovning so‘zlariga ko‘ra, bunday issiq kunlarda, ayniqsa, surunkali kasallikka chalingan bemorlar, bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Ular uchun to‘g‘ri tibbiy nazorat va tezkor yordam muhim hisoblanadi. Jazirama kunlarda kelib tushgan chaqiriqlarning 172 ming 676 tasi shoshilinch holatlar, 65 ming 163 tasi esa surunkali kasalliklar bilan bog‘liq. Anomal issiq haqida jamoatchilikka vaqtida berilgan ogohlantirish va tavsiyalar sababli chaqiriqlar soni o‘tgan haftaga nisbatan 1,2 foizga kamaygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilikka issiq kunlarda zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish, yog‘li va dudlangan taomlardan voz kechib, meva-sabzavotlarni ko‘proq yetishni tavsiya qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid