add

O‘zbekistonda IT xizmatlari hajmi 22,5 foizga o‘sdi

Bugun 13:152281 daqiqa

2025 yilning o‘n oyida dasturlash xizmatlari bozori keskin kengayib, aloqa va axborotlashtirish sohasida yetakchi yo‘nalishga aylandi.

O‘zbekistonda IT xizmatlari hajmi 22,5 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda 2025 yil yanvar–oktabr oylarida komputer dasturlash xizmatlari hajmi 24,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 foizga oshgan. Bu IT xizmatlariga bo‘lgan talabning ortib borayotgani, shuningdek, raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayoni jadallashayotganini ko‘rsatadi.

Dasturlash xizmatlari aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida eng katta ulushni egallab, 40,6 foizni tashkil etgan. Mazkur segmentning nafaqat texnologik, balki iqtisodiy ahamiyati ortib bormoqda.

Hududlar kesimida eng katta hajm Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Poytaxtda komputer dasturlash xizmatlari hajmi 22,2 trln so‘mga yetgan bo‘lib, bu mamlakat bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning asosiy qismini tashkil etadi.

Viloyatlar orasida Farg‘ona 419,9 mlrd so‘m bilan yetakchi bo‘lsa, Samarqandda esa ushbu xizmatlar hajmi 382 mlrd so‘mni tashkil etgan. Toshkent viloyatida 331,3 mlrd so‘m, Xorazmda esa 269,1 mlrd so‘mlik dasturlash xizmatlari ko‘rsatilgan.

Qolgan hududlarda ham o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda. Jizzaxda 231,9 mlrd so‘m, Surxondaryoda 190,1 mlrd so‘m, Navoiyda 177,7 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 173,9 mlrd so‘mlik xizmatlar amalga oshirilgan. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u 52,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid