add

O‘zbekistonda kelgusi xafta qanday ob-havo bilan boshlanadi

05.10.2025 | 19:2323673

O‘zbekstonning barcha hududlarida xaftaning boshlanishida yomg‘irsiz, quyoshli va iliq ob-havo saqlanishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda kelgusi xafta qanday ob-havo bilan boshlanadi
O‘zgidromet kelasi xafta ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. 6 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi 18 m/s gacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi +17...+22 daraja atrofida bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo barqaror, shamol sharqdan esib, ba’zi hududlarda shamol kuchayishi ehtimoldan xoli emas. Kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +22...+27 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomg‘irsiz, quyoshli kunlar davom etadi. Harorat tunlari +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo quyoshli bo‘lib, havo +24...+29 darajagacha isiydi. Tungi harorat +8...+13 darajani tashkil etadi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +20...+25 daraja, kechasi +8...+13 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ham hafta boshidan yomg‘irsiz ob-havo kuzatiladi. Harorat tunlari +3...+8 daraja, kunduzi +12...+17 daraja atrofida bo‘lishi taxmin qilingan.

Teglar

Mavzuga oid