
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
21.08.2025 | 19:2043452
O‘zbekistonda 7 oyda 212 mingdan ziyod yengil avtomobil ishlab chiqarildi.

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2025 yilning yetti oyi davomida 212 156 donaga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkichga maxsus yengil avtomobillar kiritilmagan. Raqamlarga ko‘ra, eng ko‘p ishlab chiqarilgan rusum – Cobalt bo‘lib, jami 83 167 dona ishlab chiqarilgan. Ikkinchi o‘rinda 51 587 dona bilan Damas, uchinchi o‘rinda esa 26 385 dona bilan Tracker turibdi.
Shuningdek, yanvar–iyul oylarida 18 734 dona Onix, 14 419 dona KIA, 8 601 dona BYD, 4 838 dona Chery va 4 425 dona Haval avtomobillari ishlab chiqarilgan.
Maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi esa 28 951 dona deb qayd etildi.





