add

O‘zbekistonda korxonalar soni bo‘yicha savdo sohasi yetakchilik qilmoqda

Kecha 13:251561 Daqiqa

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy korxonalarning eng katta qismi savdo sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda korxonalar soni bo‘yicha savdo sohasi yetakchilik qilmoqda

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning 1-noyabr holatida O‘zbekistonda 465,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu korxonalarning eng ko‘p qismi, ya’ni 32,5 foizi savdo tarmog‘iga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2025 yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi 6 286 ta savdo korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar orasida savdo sohasidagilari 14 646 tani tashkil etgan.

Ma’lumot o‘rnida, shu yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 316,4 trln so‘mni tashkil etdi. Shu jumladan, ulgurji savdo tovar aylanmasi 346,6 trln so‘mga yetdi.

Teglar

Mavzuga oid