add

O‘zbekistonda masofaviy bank xizmatlari foydalanuvchilari soni 65,7 mln nafarga yetdi

28.07.2025 | 12:4534452

2025 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda masofaviy bank xizmatlaridan (MBX) foydalanuvchilar soni 65,7 millionga yetdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatda raqamli moliya xizmatlarining kundalik hayotga jadal kirib kelayotganini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda masofaviy bank xizmatlari foydalanuvchilari soni 65,7 mln nafarga yetdi
Fizik shaxslar tomonidan MBXga bo‘lgan talab asosiy drayver hisoblanadi. Jami foydalanuvchilarning 64 milliondan ziyodi jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu aholining banklar bilan raqamli o‘zaro aloqalarga moslashuvi va moliyaviy savodxonlik darajasi oshib borayotganini anglatadi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan MBXdan foydalanuvchilar soni ham 1,6 milliondan oshgan. Bu biznes doiralarida raqamli platformalar orqali xarajatlarni qisqartirish va operatsion samaradorlikni oshirishga bo‘lgan qiziqishni namoyon etadi. MBX foydalanuvchilarining o‘sishi faqatgina mavjud holatni aks ettiribgina qolmay, balki strategik qarorlar qabul qilish uchun asos ham bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayon moliya sektori va nazorat organlaridan kiberxavfsizlik, foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilish va amaldagi qonunchilikni raqamlashuv jarayonlariga moslashtirish borasida qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab etadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda masofaviy bank xizmatlari foydalanuvchilari soni 65,7 mln nafarga yetdi | Vaqt.uz