
O‘zbekistonda MCHJlar soni 290 mingdan oshdi
19.06.2025 | 14:4525842
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 381 890 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning katta qismi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) shaklida tashkil etilgan.

Ma’lum qilinishicha, MCHJlar soni 292 885 tani tashkil etgan bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 76,7 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu shakldagi tashkilotlar mamlakatdagi tadbirkorlik faoliyatida yetakchi o‘rinni egallayotganini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, respublikada 47 963 ta xususiy korxona, 37 105 ta oilaviy korxona, 644 ta aksiyadorlik jamiyati va 3 293 ta boshqa shakldagi tijorat sub’ektlari mavjud.
Mamlakatda biznesni tashkil etishda mas’uliyati cheklangan jamiyat shakli tadbirkorlar uchun eng ko‘p tanlangan usul bo‘lib qolmoqda. Bu shakl hujjatlashtirishning soddaligi va huquqiy kafolatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mamlakatdagi tijorat sub’ektlari sonining o‘sishi bozor iqtisodiyotida faol ishtirok etayotgan xususiy sektor rivojini aks ettiradi.





