
O‘zbekistonda Meta ofisi ochilishi mumkin
07.10.2025 | 20:2032402
Bu haqda kompaniya vakillari bilan Istiqbolli loyihalar milliy agentligida o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda Meta (Facebook, Instagram, WhatsApp, Threads) vakolatxonasi ochilishi mumkin. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, agentlikda Meta kompaniyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp, Threads) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Muhokama chog‘ida:
➖ O‘zbekistonda Meta vakolatxonasini ochish istiqbollari, reklamani ilgari surish;
➖ kompaniya platformalarida joylashtirishda firibgarlikning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish;
➖ kontentni monetizatsiya qilish va mamlakatdagi raqamli kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilingan.
Tomonlar raqamli platformalarni tartibga solish, foydalanuvchilarni himoya qilish va adolatli monetizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish va tajriba almashish muhimligini qayd etgan,





