add

O‘zbekistonda mikroqarzlar 40 foizgacha, avtokreditlar 29 foizgacha taqdim etilmoqda

03.07.2025 | 09:3020273

O‘zbekiston Markaziy banki banklar qirqimida ayrim kredit turlari bo‘yicha o‘rtacha stavkalarni e’lon qildi. Hozirda mikroqarzlar 40 foizgacha, avtokreditlar esa 29 foizgacha taqdim etilmoqda. Bu ma’lumotlar mijozlarga kredit olishda solishtirish imkonini beradi.

O‘zbekistonda mikroqarzlar 40 foizgacha, avtokreditlar 29 foizgacha taqdim etilmoqda
O‘zbekiston Markaziy banki banklar orqali taqdim etilayotgan kredit turlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshladi. Ushbu ma’lumotlar orqali fuqarolar o‘z ehtiyojlariga mos bank mahsulotlarini solishtirib, oqilona tanlov qilish imkoniga ega bo‘ladi. bugungi kunda eng ommabop bo‘lgan mikroqarzlar banklarda o‘rtacha 21,4 foizdan 40 foizgacha foiz stavkasida berilayapti. Bu farq qarzning garov bilan yoki garovsiz taqdim etilishi, qaytarish muddati va ajratish shartlariga bog‘liq. Masalan, garovsiz qarzlar, odatda, yuqoriroq foizda beriladi. 1 Avtokreditlar esa o‘rtacha 21,1 foizdan 29 foizgacha bo‘lgan stavkada taqdim etilmoqda. Bu kredit turida ham foiz stavkalariga dastlabki badal miqdori, kredit muddati, sug‘urta shartlari va turli komissiyalar ta’sir ko‘rsatadi. Ikkilamchi bozor orqali olinadigan avtokreditlar talablari ham stavkaga ta’sir qiladi. 2 Markaziy bank ma’lumot berishicha, foiz stavkalari bo‘yicha ochiq va shaffof axborotlar mijozlarga to‘g‘ri tanlov qilish imkonini beradi. Vaqt o‘tishi bilan banklar o‘rtasidagi stavka farqlari qisqaradi va bozorda yanada shaffof muhit shakllanadi.

Teglar

Mavzuga oid