add

O‘zbekistonda mikroqarzlarning foiz stavkalari qancha?

20.11.2025 | 15:255682 Daqiqa

Markaziy bank oktabr oyi uchun mikromoliya tashkilotlari va lombardlar taqdim etayotgan mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha va eng yuqori foiz stavkalarini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda mikroqarzlarning foiz stavkalari qancha?

Markaziy bankning joriy yil oktabr oyiga oid hisobotida mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan aholi hamda tadbirkorlarga berilayotgan mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, lombardlar tomonidan berilayotgan mikroqarzlarda o‘rtacha yillik stavka 96,5 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich avgust oyida 97,1 foiz bo‘lgan. Eng past stavka 60-70 foiz atrofida qayd etilgan bo‘lsa, ayrim lombardlarda mikroqarzlar 110 foizgacha qimmatlashgan.

1

Respublika bo‘yicha 1-noyabr holatida 88 ta lombard faoliyat yuritmoqda. Ular orasida 44 ta lombard mikroqarzlarni 90 foizgacha, 16 ta lombard 90–100 foiz oralig‘ida, yana 30 tasi esa 100–110 foizda taqdim etmoqda. Stavkalar o‘rtasidagi bunday katta tafovut bozorda narxlar shakllanishi yaxlit emasligini ko‘rsatadi.

23

Mikromoliya tashkilotlarining oktabr oyida yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga berayotgan mikrokreditlarning o‘rtacha tortilgan stavkasi 48,8 foizni tashkil etgan. Avgust oyida bu ko‘rsatkich 47,6 foiz bo‘lgan. Aholiga ajratilayotgan mikroqarzlarda esa o‘rtacha stavka 55,9 foizga yetgan.

4

Mikromoliya tashkilotlarida jismoniy shaxslar uchun minimal stavka 33,1 foizdan boshlanadi. Biroq ayrim tashkilotlarda mikroqarzlar 90 foizdan yuqori, hatto 100 foizdan oshgan holatlar ham qayd etilgan. Bu holat mikromoliya segmentida xavf darajasi va bozor raqobatiga qarab stavka shakllanishi keskin farq qilishini anglatadi.

567

Markaziy bank ayni stavkalarni tasdiqlamasligini va ularni belgilash jarayonida ishtirok etmasligini alohida ta’kidladi. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar foiz miqdorini bozor sharoiti, talab va xavf darajasidan kelib chiqib mustaqil belgilaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vaqt.uz lombardlar va mikromoliya tashkilotlarida foiz stavkalarining balandligi bo‘yicha tahliliy maqola e’lon qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid