
O‘zbekistonda mineral suv ishlab chiqarish 48 foizga oshdi
02.07.2025 | 20:1526072
2025 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda tabiiy mineral gazli va gazsiz suv ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 48,3 foizga oshdi. Bu milliy statistikada so‘nggi yillardagi eng yuqori o‘sish sur’atlaridan biri bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 491 million litr tabiiy mineral gazli va gazsiz suv ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 159,9 million litrga ko‘p.
2023 yilning yanvar-may oylarida mamlakatda 214,9 million litr mineral suv ishlab chiqarilgan edi. 2024 yilda ushbu ko‘rsatkich 331,1 million litrga yetgan bo‘lsa, joriy yilda 491 million litrga ko‘tarildi. Bu esa so‘nggi ikki yilda ishlab chiqarish hajmi qariyb ikki barobarga o‘sganini ko‘rsatmoqda.
Mutasaddilar bu o‘sishni mineral suvga bo‘lgan ichki talab oshgani va ishlab chiqarish quvvatlarining kengaygani bilan izohlamoqda. Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqish ortishi ham mineral suv bozoridagi faollikni oshirgan.
Sohadagi barqaror o‘sish ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga turtki bo‘lishi va mineral suvlar eksporti bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.





