add

O‘zbekistonda naqd pul muomalasi hajmi 563 trln so‘mga yetdi — Markaziy bank

24.07.2025 | 15:3042326

O‘zbekistonning 2025 yil yanvar-iyun oylari uchun naqd pul muomalasi bo‘yicha e’lon qilingan statistik ko‘rsatkichlar mamlakatda pul oqimi va naqd pulga bo‘lgan talabning keskin o‘sishini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda naqd pul muomalasi hajmi 563 trln so‘mga yetdi — Markaziy bank
Markaziy bank sharhiga ko‘ra, umumiy pul tushumlari 491 trln so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 27 foizga oshgan. Naqd pul muomalasidagi eng sezilarli o‘zgarishlardan biri — terminal orqali tushumlar ulushining ortganidir. 2024 yil birinchi yarmida umumiy tushumlarning 41 foizi terminallar orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2025 yilga kelib 43 foizga yetgan. Ayniqsa, savdo va xizmatlar sohasida terminallardan foydalangan holda tushumlarning salmog‘i 45 foizdan 48 foizga ko‘tarilgan. [caption id="attachment_10338" align="aligncenter" width="630"]Mb grafik 1 Infografika: Markaziy bank[/caption] 2025 yilning I yarmida banklar orqali naqd pul aylanmasi ham sezilarli o‘sdi. Hisobot davri mobaynida banklar orqali jami 563 trln so‘mlik naqd pul aylanishi amalga oshirilgan. Shundan 277 trln so‘m tushum sifatida banklarga kirgan bo‘lsa, 286 trln so‘m naqd pul chiqimiga to‘g‘ri kelgan. Bu 2024 yilga nisbatan 23 foizga yuqori. [caption id="attachment_10339" align="aligncenter" width="630"]Mb grafik 2 Infografika: Markaziy bank[/caption] Naqd pullar tushumining tarkibiy tuzilishi turlicha bo‘lgan. Xususan, mablag‘larning 37 foizi bank xizmatlaridan, 33 foizi tovarlarni sotishdan kelib tushgan. Shu bilan birga, 13 foiz pullik xizmatlardan naqd tushum qilingan. [caption id="attachment_10340" align="aligncenter" width="630"]Mb grafik 3 Infografika: Markaziy bank[/caption] 2025 yilning yanvar-iyun oylarida banklar orqali jami 286 trln so‘mlik naqd pul chiqimi amalga oshirildi. Bu 2024 yilga nisbatan 24 foiz, 2023 yilga nisbatan esa 53 foiz ko‘p. Birinchi yarimyillikda chiqimlarning asosiy qismi — 45 foiz bank kartalaridan yechilgan naqd pullar hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi uch yil davomida eng yuqori ulushda saqlanmoqda, bu esa aholining kartadagi mablag‘larni hali ham naqdlashtirishga ehtiyoji borligini anglatadi. Naqd xorijiy valyuta xaridiga 22 foiz, korxona va tashkilotlar ish haqi to‘lovlariga 7 foiz, boshqa turdagi naqd to‘lovlarga esa 19 foiz sarflandi. E’tiborlisi, pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun naqd pul chiqimi 2023 yildagi 7 foizdan 2025 yilda atigi 3 foizgacha kamaydi. Bu ushbu to‘lovlar ham tobora raqamli shaklga o‘tayotganini bildiradi. [caption id="attachment_10341" align="aligncenter" width="630"]Mb grafik 4 Infografika: Markaziy bank[/caption] 2025 yilning birinchi yarmida bank kartalariga 676 trln so‘mlik mablag‘ kirim qilingan. Bu – 2024 yilga nisbatan 1,4 barobarga ko‘p. Biroq bu mablag‘larning faqat 19 foizi naqdlashtirib olingan. Solishtirish uchun: 2024 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 23 foiz, 2023 yilda esa 24 foiz bo‘lgan. [caption id="attachment_10342" align="aligncenter" width="630"]Mb grafik 5 Infografika: Markaziy bank[/caption] Yil boshidan boshlab mavsumiy omillar sababli naqd pulga bo‘lgan talab ortgan. Markaziy bank tomonidan joriy yilning 6 oyi mobaynida muomalaga qo‘shimcha 5,2 trln so‘m naqd pullar chiqarildi. 2025 yil 1 iyul holatiga umumiy pul massasidagi naqd pullarning ulushi 18,9 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga pasaydi. Avvalroq, O‘zbekistondagi pul massasi 312,5 trln so‘mga yetgani haqida xabar bergan edik. Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid