add

O‘zbekistonda norasmiy importga qarshi kurashni kuchaytirish taklif qilindi

20.05.2025 | 12:4549682

Strategik islohotlar agentligi norasmiy tovar aylanmasini cheklash va naqd pulsiz hisob-kitoblarni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqmoqda. Mutaxassislar fikricha, bozorlarda arzon narxda sotilayotgan mahsulotlarning asosiy sababi — norasmiy import.

O‘zbekistonda norasmiy importga qarshi kurashni kuchaytirish taklif qilindi
Agentlik tomonidan xorijiy kompaniyalar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda muammoni hal qilishning ikki yo‘li taklif etildi: birinchisi — norasmiy import ustidan nazoratni kuchaytirish, ikkinchisi esa — ushbu mahsulotlarni elektron platformalarda qonuniy savdoga chiqarishga ruxsat berish. Naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini to‘g‘ri aniqlash uchun P2P o‘tkazmalarni ham statistikaga qo‘shish mexanizmini ishlab chiqish taklif qilindi. Bu orqali kartadan kartaga o‘tkazmalar rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarga kiritilishi mumkin. Shuningdek, banklar uchun UzCard va HUMO tizimlaridagi mukofotlar xalqaro to‘lov tizimlaridan kamligi ta’kidlandi. Shu bois, milliy va xalqaro to‘lov tizimlari shartlarini banklar uchun tenglashtirish kerakligi ilgari surildi. Yig‘ilishda «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonundagi eskirgan atamalar, tarif yondashuvlari va aniqlik yo‘qligi muhokama qilindi. Chegara orti to‘lovlar bo‘yicha xizmatlar va vositachilik haqlarini tartibga soluvchi normalarni aniqlashtirish rejalashtirilmoqda.  

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda norasmiy importga qarshi kurashni kuchaytirish taklif qilindi | Vaqt.uz