add

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin pasaydi

23.10.2025 | 11:307221

23 oktyabr holatiga barcha turdagi oltin quymalari narxi tushdi. Bu global bozordagi arzonlashuv tendensiyasini aks ettirmoqda.

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin pasaydi

Markaziy bankning 23 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket ikkinchi haftada pasayishni davom ettirmoqda. Barcha toifadagi quymalar bo‘yicha narxlar bir vaqtning o‘zida pastlagan.

Yangi rasmiy baholarga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning narxi 8 million 326 ming so‘mdan 8 million 117 ming so‘mga, 10 grammli quyma 16 million 652 ming so‘mdan 16 million 234 ming so‘mga tushgan. 20 grammli quyma narxi esa 33 million 305 ming so‘mdan 32 million 468 ming so‘mgacha pasaygan. Shu bilan birga, 50 grammli quyma 81 million 170 ming, 100 grammlisi esa 162 million 341 ming so‘mdan baholanmoqda.

Tahlilchilar fikricha, bu o‘zgarish xalqaro oltin bozoridagi dinamikaga bog‘liq. 23 oktyabr kuni oltinning jahon bozoridagi bir troy unsiyasi uchun 4 087,01 dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi haftalardagi pasayish jarayoni davom etayotganini ko‘rsatadi.

Muttaxassislar oltin quymalariga bo‘lgan talabning vaqtincha susayishi va xalqaro bozorlarda dollarning mustahkamlanishi narxlarning pasayishiga asosiy omil bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Shu bilan birga, ichki bozordagi talab ham biroz pasaygani kuzatilmoqda. Ayrim iqtisodchilar fikricha, oltin narxining pasayishi qisqa muddatli bo‘lib, yil oxiriga borib qayta o‘sish ehtimoli yuqori.

Teglar

Mavzuga oid