add

O‘zbekistonda o‘tgan iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

01.08.2025 | 11:3043282

Joriy yil iyul oyi O‘zbekistonning katta qismida kuzatuvlar boshlanganidan buyon eng issiq oy sifatida qayd etildi. «Meteojurnal» ma’lumoticha, qo‘shni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda ham iyul oyi tarixdagi eng issiq davr bo‘lgan.

O‘zbekistonda o‘tgan iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi
O‘zgidromet ma’lumotiga kura, Samarqand va Termizda o‘rtacha oylik harorat kuzatuvlar boshlanganidan beri eng yuqori qiymatga yetdi. Oy davomida kuzatilgan uchta kuchli issiqlik to‘lqini 2021 yildagi rekordni kamida 0,2 darajaga yangiladi. Farg‘ona shahrida esa 2023 yildagi +29,8 daraja harorat rekordi takrorlandi. Toshkentda joriy iyul 1868 yildan beri ikkinchi eng issiq oy bo‘ldi. 18–23 iyul kunlari poytaxtda har kuni maksimal harorat +42 daraja atrofida bo‘ldi. Oy boshida esa 4 iyulda +43,5 daraja qayd etildi, bu oyning eng yuqori ko‘rsatkichi bo‘ldi. Jazirama havo aholi salomatligi va turmush tarziga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pchilikda uyqu va ovqatlanish rejimi buzildi, bosh og‘riq va qon bosimi muammolari ko‘paydi. Shu bilan birga, mehnat samaradorligi pasayishi, sog‘liqni saqlash va energetika tizimiga yuklamalar ortishi qayd etildi. Muttaxassislar bunday issiqlikning iqtisodiyot tarmoqlariga ta’siri haqida alohida tahlil berishini ma’lum qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid