add

O‘zbekistonda o‘z jinsini almashtirgan fuqarolarga ism-familiyasini o‘zgartirishga rasman ruxsat berildi

16.06.2025 | 20:0013753

O‘zbekistonda jinsini tibbiy yo‘l bilan almashtirgan fuqarolarga ism, familiya va otasining ismini (FIO) o‘zgartirish huquqi rasman beriladigan bo‘ldi.

O‘zbekistonda o‘z jinsini almashtirgan fuqarolarga ism-familiyasini o‘zgartirishga rasman ruxsat berildi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga kiritilgan bir qator muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida amalga oshiriladi. Endilikda operatsiya yo‘li bilan o‘z jinsini o‘zgartirgan fuqaro shifokorlik muassasasining tibbiy xulosasini taqdim etib, rasman ism, familiya yoki otanomi o‘zgartirish uchun ariza topshirishi mumkin bo‘ladi. Masalan, «Dilshod» ismini «Dilshoda»ga almashtirishda qonuniy to‘siqlar yo‘qoladi. Bunga qadar jinsni o‘zgartirgan fuqarolar faqat tug‘ilganlik, nikoh yoki vafot haqidagi guvohnomalarni qayta rasmiylashtirishlari mumkin edi. FIOni o‘zgartirish esa faqat milliy an’analar va tarixiy omillardan kelib chiqqan holda amalga oshirilardi. Yangi tartibga ko‘ra, FIOni o‘zgartirish quyidagi holatlarda mumkin:
  • davlat tili to‘g‘risidagi qonunga muvofiq;
  • sud qarori asosida;
  • ism yoki familiya noto‘g‘ri yoki yoqimsiz tuyulganda;
  • milliy mansublikka mos kelmaganda;
  • nikohda yoki ajrashgandan so‘ng asli familiyaga qaytish istagida;
  • oila a’zolari umumiy familiyaga ega bo‘lishni istaganda;
  • farzandlar ota, ona yoki vasiy familiyasiga o‘tishini xohlaganda;
  • otalikni belgilash munosabati bilan;
  • jinsni o‘zgartirish munosabati bilan.
Bu o‘zgarishlar fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini ta’minlashda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid