add

O‘zbekistonda portativ lazerlarga nisbatan qat’iy nazorat belgilanmoqda

22.07.2025 | 17:1513912

O‘zbekistonda portativ lazer qurilmalarini noqonuniy tarzda olib kirish va ishlatish holatlari ko‘paygani sababli, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi qabul qilindi. Bu hujjat fuqarolar sog‘lig‘i va xavo transporti xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

O‘zbekistonda portativ lazerlarga nisbatan qat’iy nazorat belgilanmoqda
So‘nggi vaqtlarda portativ lazer nurlarining samolyotlarga qaratilgan holatlari kuzatilmoqda. Bunday holatlar uchuvchilarning ko‘rish qobiliyatiga ta’sir qilishi, havo parvozlariga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. O‘zbekistonda ham shunday vaziyatlar qayd etilgani sababli, bu qurilmalarga nisbatan qonunchilik darajasida choralar ko‘rilmoqda. Qonun loyihasiga ko‘ra, portativ lazer qurilmalarini boshqa maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi. Shuningdek, ularni sotish, saqlash va mamlakatga olib kirish qat’iy nazoratga olinadi. Mazkur yo‘nalishdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Hujjatda bu qurilmalar muomalasini nazorat qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish va fuqarolarni jabrlanish holatlaridan himoya qilish bo‘yicha samarali mexanizmlar nazarda tutilgan. Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ikkinchi o‘qishida ma’qullangan. Uning qabul qilinishi jamoat xavfsizligini mustahkamlashga, ayniqsa, havo transportidagi potensial tahdidlarni bartaraf etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid