add

O‘zbekistonda qariyb 13 million kishi kutubxonalarga boradi

Bugun 19:231001

Kutubxona foydalanuvchilarining tarkibida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 31,6 foizni, 15–24 yoshdagi o‘smirlar 45,9 foizni, 25 yosh va undan kattalar esa 22,6 foizni tashkil qilyapti.

O‘zbekistonda qariyb 13 million kishi kutubxonalarga boradi

2025 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 14 999 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kutubxonalarda 85 million nusxada kitob, jurnal va boshqa nashrlar mavjud. Ulardan foydalanuvchilar soni 12,8 million kishini tashkil etgan. Shuningdek, foydalanuvchilar tarkibida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 31,6 foizni, 15–24 yoshdagi o‘smirlar 45,9 foizni, 25 yosh va undan kattalar esa 22,6 foizni tashkil qiladi. Bu yoshlar orasida kitobxonlik ancha faol ekanini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng ko‘p kutubxonalar Farg‘ona viloyatida (2 108 ta) va Samarqand viloyatida (1 863 ta) joylashgan. Ulardan keyin Qashqadaryo (1 476 ta) va Toshkent viloyati (1 467 ta) keladi. Eng kam kutubxonalar esa Navoiy (489 ta) va Sirdaryo (526 ta) viloyatlarida qayd etilgan.

Toshkent shahrida 701 ta kutubxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 934 ta, Buxoroda 764 ta va Xorazm viloyatida 688 ta kutubxona mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq dunyoda kitobxonlik bo‘yicha yetakchilikni AQSH qo‘lga kiritib, aholisi bir yilda o‘rtacha 357 soatni kitob o‘qishga sarflashi ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda qariyb 13 million kishi kutubxonalarga boradi | Vaqt.uz