add

O‘zbekistonda qurg‘oqchil yerlarda ham sholi yetishtirish mumkin

Endi sholini suvga to‘la dala emas, qurg‘oqchil yerlarda ham yetishtirish mumkin. Bu haqda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan innovatsion loyiha misolida guvoh bo‘lish mumkin.

O‘zbekistonda qurg‘oqchil yerlarda ham sholi yetishtirish mumkin
Mazkur yangi yondashuvni Sholichilik instituti stajyor-tadqiqotchisi Muhammadali Xoldarov Yaponiya tajribasi asosida sinovdan o‘tkazmoqda. Loyihaning asosiy maqsadlari — suv resurslarini tejash, metan gazi chiqarilishini kamaytirish va ekologik toza hosil olishdan iborat. Yangi texnologiyaga ko‘ra, sholi odatdagidek suvli yerlarga emas, balki maxsus ishlov berilgan qurg‘oqchil dalalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekilmoqda. Ayni paytda bu tajriba ishlari Sirdaryo viloyatidagi “Yangiyo‘l guruch ta’minot” sholichilik klasteri va institutning tajriba maydonida olib borilmoqda. Loyiha doirasida doimiy monitoring va kuzatuv ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Agar tajriba muvaffaqiyatli chiqsa, mazkur usul butun respublika bo‘ylab joriy etiladi. Bu esa suv tanqisligi sharoitida ham sholi yetishtirish imkonini beradi, hamda atrof-muhitga zarar yetkazmasdan hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda qurg‘oqchil yerlarda ham sholi yetishtirish mumkin | Vaqt.uz