add

O‘zbekistonda «Silk Road Tourism Awards» tanlovi o‘tkaziladi

29.10.2025 | 16:201191

Turizm sohasida faol ishlayotgan mahalliy tuzilmalarni rag‘batlantirish maqsadida «Silk Road Tourism Awards» tanlovi 12 nominatsiya bo‘yicha tashkil etildi.

O‘zbekistonda «Silk Road Tourism Awards» tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2024–2025 yillarda turistlarga xizmat ko‘rsatishda faol bo‘lgan tuzilmalar va mutaxassislarni e’tirof etish maqsadida «Silk Road Tourism Awards» tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Tanlovda mahalliy turoperatorlar, mehmonxonalar, transport tashkilotlari, tibbiyot muassasalari, oilaviy mehmon uylari hamda gid-tarjimonlar ishtirok etadi.

Ular «Eng yuqori baholangan mehmonxona», «Kirish turizmi bo‘yicha eng faol turoperator», «Ziyorat turizmi bo‘yicha yetakchi kompaniya», «Eng faol sanatoriy», «Eng kreativ gid» kabi 12 nominatsiya bo‘yicha baholanadi.

Tanlov ikki bosqichda tashkil qilinadi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar shu yilning 10 noyabrga qadar o‘z hududiy turizm boshqarmalariga elektron ariza va so‘nggi ikki yildagi faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ikkinchi bosqichda tanlab olingan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar 18 noyabrgacha maxsus veb-saytga joylashtiriladi. Bu yerda mahalliy aholi va sayyohlar onlayn ovoz berish orqali g‘oliblarni aniqlaydi.

Onlayn ovoz berish 23 noyabr kuni yakunlanadi. Nominatsiyalar kesimida eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi.

G‘oliblar 29 noyabr kuni Toshkentdagi Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) markazida «Ipak yo‘lida turizm» xalqaro turizm yarmarkasi doirasida taqdirlanadi. Bu tadbir mintaqadagi turizm sohasining nufuzli anjumani hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda «Silk Road Tourism Awards» tanlovi o‘tkaziladi | Vaqt.uz