add

O‘zbekistonda soliq tushumlari va faol tadbirkorlar soni keskin ortdi

24.07.2025 | 11:3027553

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda soliq tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshdi. Soliq ma’muriyati samaradorligi ortgani, elektron hisob-fakturalar va nazorat tizimlarining kengayishi mazkur o‘sishga turtki bo‘ldi.

O‘zbekistonda soliq tushumlari va faol tadbirkorlar soni keskin ortdi
Soliq organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 6 oyi davomida 1 nafar xodimga to‘g‘ri kelgan soliq tushumlari 11,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi 9,3 mlrd so‘mlik ko‘rsatkichga nisbatan 1,8 mlrd so‘mga yoki 20 foizga o‘sdi. Bu, xususan, ma’muriy resurslardan oqilona foydalanish va raqamli yechimlarni keng joriy etish hisobiga amalga oshirildi. Elektron hisob-faktura (EHF) tizimi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayd etilgan tovar aylanmasi 24,1 foizga, onlayn nazorat-kassa mashinalari (ONKM) orqali qayd etilgan aylanma esa 22,6 foizga o‘sdi. Bundan tashqari, «korxonalab» ma’muriy monitoring tizimi ishtirokchilari bo‘lgan biznes sub’ektlarining tovar aylanmasi 35,7 foizga ko‘paydi. Ijara shartnomalari bo‘yicha jami 504,3 mlrd so‘mlik soliqlar hisoblab chiqilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 48 foizga oshgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilarining umumiy soni 15 foizga o‘sib, 228 mingtaga yetdi. Soliq organlari qayd etishicha, 3 yildan ortiq vaqt mobaynida barqaror ishlab kelayotgan sub’ektlar faol tadbirkorlarning 76,7 foizini tashkil etmoqda — bu 302 mingta sub’ekt demakdir. Shu bilan birga, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 56 foizga ortib, 5,5 million kishiga yetdi. Soliq nazorati tadbirlari natijasida davlat byudjetini to‘ldirish maqsadida jami 13,4 trln so‘mlik qo‘shimcha soliq va moliyaviy jarimalar hisoblab chiqildi.

Teglar

Mavzuga oid