O‘zbekistonda urbanizatsiya 51 foizga yetdi

Bugun 17:152 daqiqa

Shaharsozlikni rivojlantirish uchun har yili 200–250 milliard so‘m ajratilib, mablag‘lar bosh rejasi yo‘q yoki eskirgan hududlarga yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonda urbanizatsiya 51 foizga yetdi © Фото: Президент матбуот хизмати

O‘zbekistonda aholi soni 38 milliondan oshdi va urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetdi. Bugungi kunda qariyb 20 million nafar aholi shaharlarda yashamoqda. Bu haqda bugun, 14-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

«Bir narsani yaxshi tushunish zarur: agar urbanizatsiya darajasi 1 foizga oshsa, iqtisodiyot ham kamida 1 foizga ko‘payadi, investitsiya oqimi, biznes va startaplar, mehnat unumdorligi karrasiga o‘sadi. Buning uchun respublikada urbanizatsiyani barqaror rivojlantirish bo‘yicha yagona yondashuv bo‘lishi kerak», – dedi Prezident.

Shaharsozlikka ajratilayotgan pullar

Shaharsozlik sohasini rivojlantirish uchun davlat budjeti hisobidan har yili 200–250 milliard so‘m mablag‘ ajratilayotgani ma’lum qilindi. Ushbu mablag‘lar, avvalo, bosh rejasi mavjud bo‘lmagan yoki eskirgan hududlarga yo‘naltirilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, kichik shahar va shaharchalarda yirik loyihalarni amalga oshirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar soni ortib borayotgani ta’kidlandi. Biroq shaharsozlik hujjatlarining yo‘qligi sababli ko‘plab loyihalar amalga oshmay qolmoqda. Ayrim tadbirkorlar esa o‘z mablag‘lari hisobidan bosh rejalarni ishlab chiqishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Hokimlarga topshiriq

Viloyat hokimlari va tegishli idoralarga joriy yilda 6 ta shahar va 44 ta shaharcha bo‘yicha bosh rejalarni, shuningdek, 104 ta qishloq uchun master rejalarni ishlab chiqishni yakunlash topshirildi. Bundan tashqari, tashabbuskor biznes vakillari bilan hamkorlikda yana 50 ta aholi punkti bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.

Teglar

Mavzuga oid