add

O‘zbekistonda vaksina olgan insonlar hayoti xavf ostida ekani rad etildi

Bugun 12:252 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina olgan insonlar hayoti xavf ostida ekani, xususan, ular saratonga chalinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Sanepidqo‘m raisi o‘rinbosari bu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

O‘zbekistonda vaksina olgan insonlar hayoti xavf ostida ekani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina olgan insonlar hayoti xavf ostida ekani, shuningdek, emlash onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ushbu ma’lumotlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, bu ma’lumotlar asossiz ekanini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, pandemiya boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha 710 millionga yaqin kishi koronavirusga chalingan va 7 milliondan ortig‘i vafot etgan. Agar vaksina ishlab chiqilmagan va ommaviy emlash ishlari tizimli olib borilmaganida, bu ko‘rsatkichlar ancha yuqori bo‘lishi mumkin edi.

Nurmat Otabekov qo‘llanilgan vaksinalar inson genomiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini alohida qayd etdi. Ayrim odamlarda emlashdan keyin nafas olish qiyinlashuvi, tana harorati oshishi yoki yurak urishi tezlashishi kabi belgilar kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Biroq bunday holatlar vaqtinchalik bo‘lib, odatda emlangandan so‘ng 2–3 kun ichida bartaraf bo‘ladi.

Shuningdek, tarqalgan ayrim materiallarda vaksinadan keyingi holatlarni yo‘qotish uchun karabash va arslonpanjasi giyohlaridan foydalanish tavsiya etilgan. Mutaxassislar bunday fikrlar ilmiy asosga ega emasligini, ushbu giyohlar immunitetga ta’sir ko‘rsatmasligini bildirdi.

«Pandemiya davrida bir qator vaksinalar qo‘llanilib, epidemik vaziyat yumshatildi, muhimi, dunyo bo‘yicha millionlab insonlar hayoti saqlab qolindi. Shunday ekan, bu kabi xabarni tarqatish hamda bunday ma’lumotlarga ishonishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq, deb bilamiz»,— deydi Otabekov.

Teglar

Mavzuga oid