add

O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarish 9 mlrd kWh’ga yetdi

23.10.2025 | 08:222131

Bu ko‘rsatkich 2024 yildagi umumiy natijadan ikki barobar ko‘p. Hozirda mamlakatda 12 ta quyosh va 5 ta shamol elektrostansiyasi ishlab turibdi, ularning umumiy quvvati 4682 MW’ni tashkil qiladi.

O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarish 9 mlrd kWh’ga yetdi

O‘zbekiston 2025 yil boshidan beri qayta tiklanuvchi manbalar orqali 9 mlrd kWh elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Yangi rekord 22 oktyabr kuni qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 12 ta quyosh va 5 ta shamol elektrostansiyasi faoliyat yuritmoqda. Ular umumiy hisobda 4682 MW quvvatga ega. Faqat so‘nggi 29 kunda yana 1 mlrd kWh energiya ishlab chiqarilgan. Ilgarigi 8 mlrd kWh ko‘rsatkich 23 sentyabr kuni qayd etilgan edi.

Qayta tiklanuvchi manbalar hisobiga 2,73 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalgan va 4 mln tonna zararli moddalarning atmosferaga chiqishi oldi olingan.

Gidroelektrostansiyalar hisobiga olganda, 22 oktyabr soati 19:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi manbalar orqali ishlab chiqarilgan umumiy energiya hajmi 14,52 mlrd kWh bo‘lib, umumiy generatsiyaning 23 foizini tashkil etdi.

Energetika vazirligi ma’lumoticha, bu hajmdagi «yashil» energiya 7,5 mln xonadonni 10 oy davomida yoki 6 mln foydalanuvchining yillik ehtiyojini to‘liq qoplash imkonini beradi. Solishtirish uchun, 2022 yilda Navoiy va Samarqand viloyatidagi ilk fotoelektrostansiyalar 434 mln kWh ishlab chiqargan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 576,9 mln, 2024 yilda esa 4,86 mlrd kWh’ni tashkil etgan.

 

 

SEO title

 

Meta description

Teglar

Mavzuga oid