add

O‘zbekistonda yirik savdo tarmoqlari tovar aylanmasi 7,1 trln so‘mdan oshdi

24.06.2025 | 13:4013744

2025 yilning dastlabki besh oyi davomida O‘zbekistonda yirik chakana savdo tarmoqlarining umumiy tovar aylanmasi 7,1 trln so‘mdan oshdi. Bu ko‘rsatkich raqamli nazorat orqali shakllantirildi.

O‘zbekistonda yirik savdo tarmoqlari tovar aylanmasi 7,1 trln so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda soliq organlari tomonidan joriy etilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi va boshqa raqamli instrumentlar orqali yirik chakana savdo tarmoqlaridagi savdo aylanmasi kuzatib borilmoqda. Bu orqali bozordagi asosiy o‘zgarishlar, savdo hajmi va mijozlar oqimi haqida aniq ma’lumotlar to‘planmoqda. 2025 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistondagi yetakchi yettita yirik savdo tarmoqlari — Korzinka, Havas, Makro, Olma, Baraka, Magnum va bi1 umumiy hisobda 7,1 trln so‘mdan ziyod tovar aylanmasiga erishdi. Bu davrda jami 12,5 ming turdagi tovarlar sotildi. Ko‘rsatkichlarga ko‘ra, yirik savdo tarmoqlarida bir martagi xarid uchun o‘rtacha chek 77,8 ming so‘mni tashkil qildi. Xaridorlar soni 1,9 mln nafarga yetdi, shundan 24,7 ming nafar mijoz kuniga ikki martadan ortiq xarid amalga oshirgan. «Soliq» mobil ilovasi orqali qayd etilgan fiskal cheklar bo‘yicha jami 38,7 mlrd so‘mlik keshbek to‘langan. Bu raqam mijozlarni raqamli savdoga jalb etishda muhim omil bo‘lmoqda. Yirik savdo tarmoqlarida umumiy 22,7 ming nafar xodim ishlaydi. Ular uchun yanvar-may oylarida jami 655,3 mlrd so‘mlik mehnat haqi to‘langan. Bu mablag‘ning qariyb yarmi — 311,3 mlrd so‘mi 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga to‘g‘ri kelgan. Sohada o‘rtacha oylik maosh 5,8 mln so‘mni tashkil etmoqda. Raqamli boshqaruv imkoniyatlari hududlar, alohida savdo nuqtalari va tovar turlari kesimidagi ma’lumotlarni muntazam kuzatishga xizmat qilmoqda. Bu esa soha shaffofligini oshirish va noqonuniy savdoni qisqartirishga yordam bermoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda yirik savdo tarmoqlari tovar aylanmasi 7,1 trln so‘mdan oshdi | Vaqt.uz