add

O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilar hissasi ortib, byudjet tushumlari o‘smoqda

O‘zbekistonda samarali soliqqa tortish tizimi va soliq organlarining tartibli ishi byudjet barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Keyingi islohotlar natijasida yirik soliq to‘lovchilarning davlat byudjetiga qo‘shayotgan hissasi keskin oshmoqda.

O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilar hissasi ortib, byudjet tushumlari o‘smoqda
«Iqtisodiy sharh» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, davlat byudjetiga kelayotgan tushumlarning asosiy qismi ayni yirik soliq to‘lovchilar faoliyatiga bog‘liq. 2024 yil 1 iyuldan yirik soliq to‘lovchilar toifasini aniqlash mezonlari yangilanib, ularning ro‘yxati qayta shakllantirildi. 2024 yilda davlat byudjetiga umumiy soliq tushumlari 199,6 trln so‘mni tashkil etdi. Buning 123,3 trln so‘mi — yirik soliq to‘lovchilar hissasiga to‘g‘ri kelib, umumiy tushumlardagi ulushi 61,8 foizni tashkil etdi. Soliq tushumlari ulushi 2020 yildagi 47 foizdan 2024 yilda qariyb 62 foizgacha o‘sdi. Bu tendensiya soliq to‘lovchilar soni bilan ham uzviy bog‘liq: 2021 yilda 1120 ta yirik soliq to‘lovchi hisoblangan bo‘lsa, 2024 yilda ularning soni 959 tagacha kamaygan bo‘lsa-da, tushumlar ulushi 64 foizgacha yetgan. Byudjet-soliq ilmiy tadqiqotlar instituti olimlari Doniyor Rahmonov va Mansur Abdiyev bu holatni yirik korxonalarning soliq imkoniyatlarini yaxshilash, iqtisodiy faollikning oshishi va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bilan bog‘liq ekanini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz