
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
14.07.2025 | 18:4538401
Zilzila epimarkazi Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan.

Bugun, 14 iyul kuni soat 15:55 da Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Buxoro viloyatining Jondor tumanida Toshkentdan 532 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Koordinatalari: 40,42 shimoliy kenglik, 62,99 sharqiy uzunlik. Magnituda: 4,2, zilzila chuqurligi 15 km. Epimarkazda sezilish kuchi: 4 ball.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Peshku tumanida 2-3 ball, 39 km;
- Gazli shahrida 2 ball, 51 km;
- Qorako‘l tumanida 2 ball, 73 km.





