add

O‘zbekistondagi 95 foiz maktablarda hojatxonalar tashqarida joylashgani ma’lum qilindi

Bugun 13:252911 daqiqa

2025 yil holatiga ko‘ra, ta’lim muassasalarining katta qismi oshxona, isitish va sanitariya sharoitlarida yetishmovchilikka duch kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistondagi 95 foiz maktablarda hojatxonalar tashqarida joylashgani ma’lum qilindi

9-dekabr kuni Maktabgacha ta’lim hamda maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda maktab maydonlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha seminar o‘tkazilgan. Unda 2025 yilda O‘zbekiston maktablaridagi infratuzilma holati bo‘yicha ma’lumotlar ham taqdim qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maktablardagi sanitariya holati bo‘yicha muammolar bo‘lib, maktablarning 95 foizida hojatxonalar tashqarida joylashgan. Shu jumladan, oqova tizimi bo‘yicha holat ham qoniqarsiz: maktablarning 88 foizi kanalizatsiyaga ega emas.

photo_2025-12-10_11-58-41

Shuningdek, mamlakatdagi 48 foiz maktabda doimiy markazlashgan suv ta’minoti yo‘q. 274 ta maktab hali hamon qo‘lbola pechlar bilan isitiladi. Umuman olganda, maktablarning 79 foizi isitish uchun ko‘mirdan foydalanadi.

Infratuzilmaning yana bir sezilarli muammosi — oshxonalar yetishmasligi. Maktablarning 56 foizi o‘z oshxonasiga ega emas. Shu bilan birga, inklyuziv ta’lim imkoniyatlari ham yetarli darajada emas. Maktablarning 44 foizida nogironligi bo‘lganlar uchun zarur infratuzilma — panduslar, mos tushish yo‘laklari va maxsus sanuzellar mavjud emas.

Bulardan tashqari, maktablarning 52 foizida yig‘ilish va ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan majlislar zali mavjud emas.

Teglar

Mavzuga oid