O‘zbekistonga 14 ming tonna xurmo import qilindi

Importning asosiy qismi Eron hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonga 14 ming tonna xurmo import qilindi

2025 yilda O‘zbekistonga 19 ta davlatdan qiymati 10,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 13 983 tonna arab xurmosi import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, import hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3,4 ming tonnaga oshgan.

Importning asosiy qismi Eron hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu davlatdan 11 ming tonna xurmo yetkazib berilgan. Bu ko‘rsatkich umumiy import hajmining katta qismini tashkil etadi va Eron O‘zbekiston uchun asosiy ta’minotchi bo‘lib qolmoqda.

Ikkinchi o‘rinda turgan Tunisdan 809,6 tonna xurmo import qilingan. Shuningdek, Turkiyadan 416 tonna, Saudiya Arabistonidan 327,9 tonna mahsulot olib kirilgan.

Shuningdek, Qozog‘iston 229 tonna, Ozarboyjon 223,5 tonna, Birlashgan Arab Amirliklari esa 216,9 tonna xurmo yetkazib bergan. Qolgan 768,7 tonna mahsulot boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Import hajmining o‘sishi ichki bozorda xurmoga bo‘lgan talab ortib borayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Ramazon oyi arafasida ushbu mahsulotga ehtiyoj yuqori bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid