
O‘zbekistonlik turistlar ko‘proq qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?
09.06.2025 | 13:0049052
2025 yilning dastlabki to‘rt oyida xorijga sayohat qilgan o‘zbekistonliklar soni 23,6 foizga oshdi. Sayohat uchun eng ko‘p tanlangan yo‘nalishlar qo‘shni davlatlar bo‘lsa-da, uzoq masofaga bo‘lgan qiziqish ham ortmoqda.

O‘zbekiston Milliy statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yanvar–aprel oylarida 2 mln 116,9 ming nafar fuqaro xorijiy sayohatga chiqqan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 404,5 ming kishiga ko‘pdir.
Eng ommabop yo‘nalishlar orasida Qirg‘iziston birinchi o‘rinda turibdi — 899 ming sayohat amalga oshirilgan. Tadjikistonga 388,4 ming, Qozog‘istonga esa 354,9 ming sayohat qayd etilgan.
Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlar ham kuzatilmoqda:
– Saudiya Arabistoni — 133,6 ming
– Rossiya — 93,9 ming
– Turkiya — 64,2 ming
– Birlashgan Arab Amirliklari — 58,8 ming
– Misr — 22,4 ming
– Tailand — 15,4 ming
– Viyetnam — 11,4 ming
– Boshqa mamlakatlar — 74,6 ming
Tahlilchilar fikricha, qo‘shni davlatlarga sayohat hali ham ustuvor bo‘lib turibdi. Biroq Saudiya Arabistoni, Turkiya va Osiyo mamlakatlari kabi uzoq yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqish ham tobora oshib bormoqda. Bu tendensiya O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida xalqaro sayohat imkoniyatlari kengayib borayotganini ko‘rsatadi.





