add

O‘zbekistonliklar dam olish kunlarini qanday ob-havoda o‘tkazadi?

26.09.2025 | 12:2943264

O‘zgidromet 27-30 sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

O‘zbekistonliklar dam olish kunlarini qanday ob-havoda o‘tkazadi?
27-30 sentyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi +8...+17, kunduzi +18...+33 daraja atrofida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28-29 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi 27 sentabrda +23...+28 daraja bo‘ladi, 28-30 sentyabrda +18...+23 darajagacha pasayadi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +27...32 daraja atrofida bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax hamda Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +26...+31 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid