add

O‘zbekistonliklar Shvetsiyaga ishga yuboriladi

25.06.2025 | 12:0040753

O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytirishga oid muhim kelishuv imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonliklar Shvetsiyaga ishga yuboriladi
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytirishga oid muhim kelishuv imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Shvetsiya migratsiya vaziri Yoxan Forssel o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, ikki davlat o‘rtasida qonuniy, xavfsiz va shaffof migratsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Qayd etilishicha, bu kelishuv noqonuniy migratsiyani oldini olish va inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Hozirda Shvetsiyada transport, qurilish, tibbiyot, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida mutaxassislar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. O‘zbekiston ushbu soha uchun malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatiga ega ekani ta’kidlandi. Shu maqsadda tomonlar ikki davlat o‘rtasida markazlashtirilgan raqamli platforma yaratish, pilot loyihalarni amalga oshirish va ish beruvchi talabidan kelib chiqib, yuqori malakali o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashga kelishib oldi. Muzokara yakunida qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Unda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, axborot almashish va konsullik ko‘magi tizimlarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar belgilandi. Shvetsiya migratsiya vaziri Yoxan Forssel bu kelishuvni O‘zbekiston va Shvetsiya munosabatlarida yangi bosqich deb atadi. Shuningdek, 2024 yil iyulida O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Shvetsiyadagi yirik ish beruvchi kompaniya rahbariyati uchrashuv o‘tkazib, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va mavjud imkoniyatlar muhokama qilingan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonliklar Shvetsiyaga ishga yuboriladi | Vaqt.uz