add

O‘zbekistonliklar ta’lim va sog‘liq uchun xarajatlarni oshirmoqda — Markaziy bank 

22.05.2025 | 21:3040612

Markaziy bankning 2025 yil I choragida iste’mol kayfiyati bo‘yicha o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar ta’lim, sog‘liqni saqlash va uy-joy ta’miri uchun ko‘proq pul sarflamoqda. Tadqiqot 2 900 nafar fuqaroni qamrab oldi.

O‘zbekistonliklar ta’lim va sog‘liq uchun xarajatlarni oshirmoqda — Markaziy bank 
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning ko‘pchiligi asosiy daromad manbasi sifatida oylik maoshni ko‘rsatgan. Xarajat ustuvorliklari esa yosh guruhlar kesimida farq qilgan: 18–30 yoshlilar ta’lim, uy-joy ta’miri, davolanish va shaxsiy ehtiyojlarga ko‘proq sarf qilmoqda; 31–40 yoshlilar sog‘liqni saqlash va uy ta’miriga e’tiborni oshirgan; 41–50 yoshlilar orasida to‘y marosimlari va avtoxarid xarajatlari ko‘zga tashlangan; 50 yoshdan kattalar esa, asosan, sog‘liqni saqlash xarajatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ushbu natijalar O‘zbekistonda aholi turmush darajasi va ustuvor ehtiyojlarining o‘zgarib borayotganini ko‘rsatadi. Ta’lim va sog‘liqqa bo‘lgan talabning oshib borishi, bu sohalarda xizmat sifatini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish zarurligini anglatadi.

Teglar

Mavzuga oid