add

O‘zbekistonliklar yozning navbatdagi haftasini ham jaziramada o‘tkazadi

21.07.2025 | 10:0038143

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonliklar yozning navbatdagi haftasini ham jaziramada o‘tkazadi
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 21 iyul kuni mamlakatning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol asosan sharqdan 7–12 m/s tezlikda, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.. Harorat mamlakat bo‘yicha +38...+43 daraja atrofida bo‘ladi, mamlakatning janubiy hududlarida esa +44...+45 darajagacha yetishi mumkin. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esishi, harorat esa +39...+41 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat esa +30...+35 daraja atrofida bo‘ladi. 22 iyul kuni ham mamlakat bo‘ylab issiq ob-havo saqlanib qoladi. Xususan, Toshkent shahrida kunduzi +40...+42 daraja, kechasi +24...+26 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Janubda, ya’ni Qashqadaryo va Surxondaryoda esa kunduzi +45 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin. 23–26 iyul kunlari ham ob-havo deyarli o‘zgarmaydi. Eng yuqori harorat janubiy viloyatlarda +43 daraja, Markaziy va G‘arbiy hududlarda +41...+42 daraja atrofida bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid