add

O‘zbekistonliklarning Kanada, Argentina va Avstraliya vizalarini olish tartibi yengillashishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizalarini olish tartibi yengillashtirilishi mumkin. Jarayonda mahalliy xizmatlar ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekistonliklarning Kanada, Argentina va Avstraliya vizalarini olish tartibi yengillashishi mumkin
O‘zbekiston fuqarolari Kanada, Argentina va Avstraliya kabi davlat vizalarini olishda yaqin vaqtlarda yengillashtirilgan tartibdan foydalanishi mumkin. Bu masala Tashqi ishlar vazirligida «VFS Global» kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qilindi. Ma’lumot TIV saytida e’lon qilingan. Qayd etilishicha, uchrashuvda «VFS Global»ning MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Shubxam Mishra hamda O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Temur To‘ychiyev ishtirok etgan. Tomonlar mamlakat hududlarida kompaniya ofislari tarmog‘ini kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqishgan. Shuningdek, jamoaviy guruhlar arizalari yuzasidan kompaniya xodimlarining sayyor qabullarini tashkil etish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Ushbu xizmat shakli to‘lovli bo‘lib, chekka hududlardagi fuqarolarga Toshkent yoki Samarqandga bormasdan viza xizmati olish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari uchun respublikada diplomatik vakolatxonalari mavjud bo‘lmagan davlatlar (jumladan, Kanada, Argentina, Avstraliya va boshqalar) vizalarini rasmiylashtirish tartiblarini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Akkreditatsiyadan o‘tgan konsulliklar mavjud emasligi tufayli bunday hollarda viza rasmiylashtirish ortiqcha vaqt va xarajat talab etadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni jarayonlarning bir qismini mamlakatimizga ko‘chirish, jumladan, “VFS Global” mahalliy ofislari orqali biometrik ma’lumotlar topshirish va onlayn suhbatlar o‘tkazish imkonini ko‘rib chiqishni taklif etgan.

Teglar

Mavzuga oid