add

O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogida ishtirok etuvchi tarkibi ma’lum qilindi

Bugun 15:561 daqiqa

Tasdiqlangan yakuniy ro‘yxat 23 nafar futbolchidan iborat.

O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogida ishtirok etuvchi tarkibi ma’lum qilindi

O‘zbekistonning U-23 yoshlar terma jamoasining Osiyo kubogida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi e’lon qilindi. Qayd etilishicha, musobaqada mamlakat sharafini himoya qiladigan 23 nafar futbolchi ro‘yxatdan o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

photo_2026-01-02_15-09-35

Ma’lumotlarga ko‘ra, tarkibni bosh murabbiy Ravshan Haydarov tasdiqlagan. Ushbu ro‘yxatga turli klublarda to‘p surayotgan, xalqaro tajribaga ega bo‘lgan hamda so‘nggi yig‘inlarda o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan futbolchilar kiritilgan. Murabbiylar shtabi turnir oldidan jamoaning jismoniy va taktik tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratgani ta’kidlanmoqda.

O‘zbekiston yoshlar termasi musobaqadagi ishtirokini 7-yanvar kuni Livan terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mazkur uchrashuv jamoa uchun turnirdagi ilk sinov bo‘lib, guruh bosqichidagi natijalar keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini belgilab beradi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi OFK U-23 Osiyo kubogi Osiyo qit’asida 23 yoshgacha bo‘lgan erkaklar milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan nufuzli musobaqa hisoblanadi. Ushbu chempionat Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladi va bu safar yettinchi turnir sifatida o‘tkaziladi.

Musobaqa Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Final bosqichida jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Turnir yosh futbolchilar uchun xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatish, tajriba orttirish va kelajakda milliy termaning asosiy tarkibiga kirish yo‘lida muhim bosqich hisoblanadi.

Teglar