add

O‘zgidromet hafta davomida ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi

Kecha 19:283901 Daqiqa

Noyabr oyining so‘nggi ish haftasida O‘zbekiston bo‘ylab quruq ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

O‘zgidromet hafta davomida ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deb ma’lumot bermoqda O‘zgidromet.

Harorat kunduzi +13...+18 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushish ehtimollari ham mavjud. Haftaning ikkinchi yarmida kelib harorat shimoliy va cho‘l hududlarda +2...+3 darajaga pasayadi.Sharqdan mayin shamol esib turadi.

Kechasi va ertalablari respublika hududining asosiy qismida 0...+5 daraja iliq, shimolda -1...-3 daraja gacha sovuq bo‘ladi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +3...+5 daraja iliq, kunduzi  +15...+18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 2025–2026-yillar qish mavsumi uchun mavsumiy ob-havo prognozini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, qish umumiy hisobda nisbatan iliq kechishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik miqdori esa ayrim oylarda me’yor atrofida, boshqalarida esa me’yordan kam bo‘lishi bashorat qilingan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zgidromet hafta davomida ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi | Vaqt.uz