add

Pavel Durov: «Fransiyada 4 kun qamaldim, haligacha jazo sanasini kutyapman»

25.08.2025 | 08:4032243

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya politsiyasi tomonidan bir yil avval 4 kunga ushlanganini eslab, bu voqeani «huquqiy va mantiqiy jihatdan absurd» deb baholadi.

Pavel Durov: «Fransiyada 4 kun qamaldim, haligacha jazo sanasini kutyapman»
Uning ta’kidlashicha, u Telegram’dan jinoiy maqsadlarida foydalangan odamlar bilan hech qanday aloqasi bo‘lmasa-da, asossiz ushlab turilgan. Durovning so‘zlariga ko‘ra, unga qarshi Fransiyada ochilgan «jinoiy tergov» hanuz yakunlanmagan va unda Telegram yoki shaxsan Durov tomonidan amalga oshirilgan biror huquqbuzarlik isbotlanmagan. Uning ta’kidlashicha, platformaning moderatsiya amaliyoti sanoat standartlariga to‘liq mos keladi va Telegram Fransiyadan olingan barcha rasmiy so‘rovlarga o‘z vaqtida javob bergan. Qizig‘i shundaki, Durov o‘zning qamoqda o‘tirishini Fransiya politsiyasining o‘zi yo‘l qo‘ygan xato bilan bog‘lamoqda. Uning ta’kidlashicha, politsiya 2024 yil avgustga qadar Telegram’ga murojaat yuborishda Fransiya va Yevropa qonunlarida belgilangan rasmiy yuridik tartibni inkor qilgan. Ushbu voqeadan bir yil o‘tgan bo‘lsa-da, Pavel Durov har 14 kunda Fransiyaga qaytib kelishga majbur. Unga nisbatan hech qanday apellyatsiya sanasi belgilanmagan. «Afsuski, bu hibsning yagona natijasi Fransiyaning erkin davlat sifatidagi imijiga katta zarar yetkazdi», — deb yozadi u. Durov o‘z Telegram kanalida e’lon qilgan bayonotini «Biz kurashda davom etamiz va g‘alaba qozonamiz», degan so‘zlar bilan yakunlagan.

Teglar

Mavzuga oid