add

Pavel Durov Telegram borasidagi yolg‘on xabarlar haqida bayonot berdi

03.07.2025 | 08:3038174

Telegram asoschisi Pavel Durov so‘nggi kunlarda platforma haqida tarqalgan asossiz mish-mishlar va yolg‘on xabarlar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. U bu kabi ma’lumotlarga ishonmaslikka va faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.

Pavel Durov Telegram borasidagi yolg‘on xabarlar haqida bayonot berdi
Durovnirng rusiyzabon auditoriya uchun mo‘ljallangan o‘z kanalida ta’kidlashicha, bir necha kun avval ayrim Telegram-kanallar platforma Rossiyadan chiqib ketayotgani haqida yolg‘on xabar tarqatgan. Mazkur xabar ilk bor bir satirik nashrda hazil sifatida chop etilgan bo‘lsa-da, ko‘plab kanallar uni jiddiy ma’lumot sifatida qayta yoritib, yolg‘onga asos bo‘lgan. Shu sababli Telegram rasman rad etuvchi izohlar qo‘shishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, ayrim ommaviy axborot vositalari Telegram siyosiy sabablar bilan OSINT-kanallarni bloklagani haqida yolg‘on xabarlar tarqatgan. Aslida esa bir necha kanal avtomatik tizimlar tomonidan qisqa muddatga to‘xtatilgan, sababi shaxsiy ma’lumotlar tarqatilgani bilan bog‘liq bo‘lgan. Bundan so‘ng kanallar zudlik bilan tiklangan, ammo ko‘plab nashrlar bu haqida to‘liq ma’lumot bermagan. Pavel Durov shuningdek, o‘tgan oy internetda Telegram’ning IP-manzillari orqali foydalanuvchilar xavf ostida qolishi haqidagi texnik jihatdan noto‘g‘ri tahlil tarqalganini eslatdi. Bu xabar mustaqil mutaxassislar tomonidan bir necha bor rad etilgan bo‘lsa-da, yolg‘on xabar haqidagi oproverjeniyolar ancha kam yoritilgan. Durov ta’kidlaganidek, Telegram 12 yildan beri shaxsiy hayot daxlsizligini va axborotga erkin kirish huquqini himoya qilib keladi. Shu bois platforma turli yo‘nalishlarda mediabosimga uchrab turadi. Uning fikricha, bu faqat jurnalistlar xatosi emas, balki Telegram’ni obro‘sizlantirishga qaratilgan rejali harakat bo‘lishi mumkin. Pavel Durov barchani hushyor bo‘lib, faqat ishonchli manbalarga tayanishga chaqiradi.  

Teglar

Mavzuga oid

Pavel Durov Telegram borasidagi yolg‘on xabarlar haqida bayonot berdi | Vaqt.uz