add

Paxta mavsumida uch mansabdor jazolandi

25.09.2025 | 20:0023422

O‘zbekistonda paxta mavsumida 14 holatda mehnat qonunchiligi buzilishi aniqlandi.

Paxta mavsumida uch mansabdor jazolandi
Paxta yig‘im-terimi mavsumida 14 holatda mehnat qonunchiligi buzilishi aniqlanib, mansabdor shaxslarga ma’muriy javobgarlik choralari belgilandi. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar berdi. Xususan, 11 holatda mehnat qonunchiligi buzilishi aniqlanib, mansabdor shaxslarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) asosan javobgarlik choralar belgilangan. Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 3 nafar mansabdor shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 1-qismiga ko‘ra chora ko‘rilgan. Qayd qilinishicha, 10-20 sentyabr kunlari o‘tkazilgan monitoring davomida 300 dan ortiq terimchilar bilan mavsumiy mehnat shartnomalari tuzilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Teglar

Mavzuga oid