add

Pfizer va 3SBio saratonga qarshi yangi dori ishlab chiqaradi

21.05.2025 | 10:0035022

Amerikaning Pfizer hamda Xitoyning 3SBio kompaniyalari saratonga qarshi yangi dori — SSGJ-707’ni yaratish va jahon bozoriga chiqarish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Pfizer va 3SBio saratonga qarshi yangi dori ishlab chiqaradi
Ushbu preparat ikki maqsadli bispesifik antitana hisoblanib, PD-1 va VEGF molekulalariga qarshi yo‘naltirilgan. Hozirda dori Xitoyda o‘pka, ichak va ayollar saratoni turlariga qarshi klinik sinovdan o‘tkazilmoqda. Tuzilgan shartnoma Pfizer’ga Xitoydan tashqari bozorlarda dori vositasini tijoratlashtirish huquqini beradi. Xitoy ichida esa kompaniyaga tanlov huquqi beriladi. Bundan tashqari, 3SBio kompaniyasiga dastlabki to‘lov sifatida 1,25 milliard dollar ajratiladi. Loyiha jarayonida belgilangan bosqichlarga erishilganda qo‘shimcha to‘lovlar 4,8 milliard dollarga yetishi mumkin. Pfizer shuningdek, 3SBio aksiyalariga 100 million dollar sarmoya kiritishni mo‘ljallamoqda. Bitimning yakuni 2025 yilning uchinchi choragida, tegishli organlar va aksiyadorlar roziligi asosida amalga oshiriladi. Yangi preparat Pfizer’ning AQSHdagi ishlab chiqarish zavodlarida tayyorlanadi. Shu bilan birga, 3SBio kelgusi yilda Xitoyda 3-bosqich klinik sinovlarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid