add

Polshada prezidentlik saylovlari: g‘olibni aniqlash ikkinchi turga qoldi

19.05.2025 | 10:0021703

2025 yil 18 may kuni Polshada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi va yaqqol g‘olib aniqlanmadi. 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi turi mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari, migratsiya siyosati va ichki islohotlar bo‘yicha kelajak yo‘nalishini belgilab beradi.

Polshada prezidentlik saylovlari: g‘olibni aniqlash ikkinchi turga qoldi
Asosiy raqobat Varshava shahar meri, hozirgi bosh vazir Donald Tusk rahbarligidagi markazchi-o‘ngchi «Fuqarolik koalitsiyasi» nomzodi Rafal Tshaskovskiy va milliy-konservativ «Huquq va adolat» partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan tarixchi Karol Navrotskiy o‘rtasida kechmoqda. Tshaskovskiy Yevroittifoq bilan yaqin aloqalarni mustahkamlash va sud islohotlarini davom ettirishni maqsad qilgan. Navrotskiy esa milliy suverenitetni himoya qilish va AQSH bilan aloqalarni kuchaytirish tarafdori bo‘lib, Donald Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Migratsiya masalasi har ikki nomzodning kampaniyasida markaziy o‘rinni egalladi. Navrotskiy ukrainalik qochqinlarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lib, ularni ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda mahalliy aholiga raqobatchi sifatida ko‘rsatmoqda. Tshaskovskiy esa bu masalada ehtiyotkorlik bilan yondashib, liberal pozitsiyalarini yumshatgan. Saylovda radikal-o‘ngchi Slavomir Mensen ham ishtirok etmoqda. Uning populistik va Yevroittifoqqa qarshi ritorikasi ayniqsa yoshlar orasida ommalashgan. Mensenning kampaniyasi ukrainalik qochqinlarga qarshi chiqish va milliy manfaatlarni birinchi o‘ringa qo‘yishga qaratilgan. Saylov natijalari mamlakatning ichki va tashqi siyosatini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Hozircha dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, biror nomzod 50 foizdan ko‘p ovoz olmagan va endi 1 iyun kuni saylovlarning ikkinchi turi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Teglar

Mavzuga oid