add

Polshada Rossiyaga ham, Ukrainaga ham qarshi siyosatchi prezident bo‘ldi

11.06.2025 | 14:4025313

2025 yil avgust oyida Polsha prezidenti lavozimini rasman qabul qilishi kutilgan Karol Navrotskiy mamlakat tarixidagi eng g‘ayrioddiy siyosatchilardan biri sifatida qaralmoqda. Uning o‘zi haqida «men qon va suyakdan yaratilgan insonman» degan iborasi bilan mashhur bo‘lib, saylovoldi kampaniyasi davomida o‘zini oddiy xalq va ayniqsa, konservativ qishloq aholisiga yaqin qilib ko‘rsata oldi.

Polshada Rossiyaga ham, Ukrainaga ham qarshi siyosatchi prezident bo‘ldi
Navrotskiy — tarixchi, muzey xodimi, sobiq futbolchi va bokschi. Uning an’anaviy siyosiy elitaga kirmaganligi, balki xalq orasidagi «o‘z odami» sifatida qabul qilinishi unga siyosiy balandlikka olib chiqdi. Uning Gdanskdagi og‘ir hayot sharoiti, sport orqali tarbiya va universitetda ta’lim olishi haqidagi ma’lumotlar omma bilan yaqinlikni mustahkamlagan. U vaqtida Polsha Milliy xotira institutiga rahbarlik qilgan. Ushbu lavozimda tarixiy siyosat va milliy xavfsizlik masalalarida qat’iy pozitsiyasi bilan tanilgan. Hozirda Navrotskiyning Rossiya va Ukrainaga nisbatan tanqidiy munosabati borligi ta’kidlanmoqda. U o‘z siyosiy nutqlarida Polsha suvereniteti va milliy qadriyatlarni birinchi o‘ringa qo‘yayotganini alohida uqtirgan. Jismoniy quvvati ham saylov kampaniyasida muhim rol o‘ynadi: Navrotskiy omma oldida jismoniy mashq qiladi, muzlatgich ko‘taradi va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon qiladi. U o‘z so‘zlari va harakatlari bilan «haqiqiy inson» obrazini yarata oldi. Karol Navrotskiy rasman 6 avgust kuni prezidentlik qasamyodni qiladi. Uning siyosatdagi birinchi qadamlari Polsha tashqi siyosatining yangi yo‘nalishlarini belgilab berishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid