add

Prezident farmoni bilan jurnalistlar, blogerlar va matbaachilar mukofotlandi

26.06.2025 | 20:003389

Prezidentning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi.

Prezident farmoni bilan jurnalistlar, blogerlar va matbaachilar mukofotlandi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik  tamoyilini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, Yangi O‘zbekistonda erishilayotgan ulkan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali, zamonaviy jurnalist kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin, deyiladi Farmonda.   «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan Doniyorov Salim Musurmonovich — «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati bosh muharriri   «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich — «Jadid» gazetasi bosh muharriri   «Do‘stlik» ordeni bilan Amangeldiyeva Raixan Kdirbayevna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Nukus teleradiomarkazi filiali tasvir yozish guruhi katta elektr mexanigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kenjayeva Zoxida Abdullayevna — To‘raqo‘rg‘on tumani «Davr» gazetasi muharriri, Namangan viloyati Matyaqubov Kamol — «Adolat» gazetasi muxbiri Mirsharipov Farhodjon Arislonovich — Farg‘ona viloyati teleradiokanali bosh muharririning o‘rinbosari, So‘x telekanali guruh rahbari Oripov Shuhratjon Orip o‘g‘li — «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyadorlik tijorat bankining axborot xizmati rahbari Rahimov Abdijalol Abdiziyatovich — Chinoz tumani «Chinoz hayoti» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari, Toshkent viloyati Titchuk Andrey Georgiyevich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo bo‘ylab» telekanali axborot-informatsion dasturlar muharririyati montajchisi O‘rinboyev Saydulla Mardonovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali teleoperatorlar guruhi teleoperatori Hasanov Haydar Hatamjanovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi direktori o‘rinbosari Hasanov Ro‘zimboy — «XXI asr» gazetasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri   II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan Nurmatov Akbar Normatovich — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining YUNESKO va ixtisoslashgan media kafedrasi mudiri Xolbekova Bahor Shayimovna — «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalarining Sirdaryo viloyati bo‘yicha muxbiri   «Sog‘lom turmush» medali bilan Jumayev Ibrohim — Navoiy viloyati «Salomatlik» gazetasi muharriri   «Kelajak bunyodkori» medali bilan G‘iyosov Mirali Abdulloh o‘g‘li — Toshkent shahridagi «Sharoit plus» nodavlat notijorat tashkiloti loyiha menejeri   «Shuhrat» medali bilan Abilov Fazliddin Ibragimovich — «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati bosh muharririning o‘rinbosari Avazov Dilmurod Botirovich — «Oriat Dono» radiosi musiqa muharriri Adilova Munojot Asrorovna — «Daryo.uz» internet nashrining tahrir bo‘limi musahhihi Asanov Eldar Enverovich — «Asanov formati» telegram kanali asoschisi, bloger Ahatov Sobit Temirovich — «Xabar.uz» internet nashrining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar bo‘limi muharriri Gapirova Nigora Umurzakovna — «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalash sexi muqovalovchisi Jumayev Hidoyat Inoyatovich — Buxoro viloyati teleradiokanalining ijodiy ishlab chiqarish guruhi teleoperatori Qarshiyev Aziz Rajabovich — «Kun.uz» internet nashri muharriri Qoraboyev Shamshidin — Farg‘ona viloyati ommaviy axborot vositalari faxriylar kengashi faoli, fotosuratchi Madatova Zilola Muhammadaliyevna — «Ma’rifat» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari Makarenko Nikita Anatolyevich — Ijtimoiy tarmoqlardagi «Effekt Makarenko» sahifasi asoschisi, bloger Mamatrayimov Xolmo‘min Norqobilovich — O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha sharhlovchisi Mo‘minova Gulrux Komilovna — Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari tahririyati maxsus muxbiri Muslimov Shuhrat Zikrullayevich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston MTRK teleradiomarkazi» davlat muassasasi televideniye va radio ko‘chma texnika xizmati boshlig‘i Nur Ahmad Hojiboy o‘g‘li - Toshkent shahridagi «SAS-Myedia» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Rabbimov Kamoliddin Muhiddinovich — «Kamoliddin Rabbimov» telegram kanali asoschisi, siyosatshunos va bloger Raximov Sarvarjon Hamidjonovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi siyosiy sharhlovchisi Rashidova Nargizaxon Rashidovna — «Mening yurtim» telekanali efirga uzatish bo‘limi muharriri Sakayeva Elina Ibragimovna — «Gazeta.uz» internet nashri muharriri Samatova Salima Abdinazarovna — Kasbi tumani axborot-kutubxona markazining abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati Hamidov Xayrulla Ubaydullayevich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» ijodiy birlashmasi sharhlovchisi Sherova Laziza Shomilovna — «O‘zbekiston ovozi» gazetasining parlament faoliyati bo‘limi mudiri Yaqubjonova Nilufar Oybekovna — Andijon viloyati teleradiokanalining radio guruhi katta muharriri.

Teglar

Mavzuga oid