add

Prezident marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risi farmon imzoladi

24.08.2025 | 18:0029315

Mukofotlanganlar orasida shoirlar Rauf Parfi, To‘ra Sulaymon, Anvar Obodjon va Muhammad Yusuf, san’atkorlar Muhriddin Xoliqov va Oxunjon Madaliyev bor.

Prezident marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risi farmon imzoladi
Prezident O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Hujjatning muqaddimasida yozilishicha, inson qadrini ulug‘lash, ajdodlar xotirasini e’zozlash, ularning ibratli ishlarini keng targ‘ib etish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirish maqsadida o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy, ijtimoiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, jamiyatimizda ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va insoniy fazilatlari bilan el-yurt xotirasidan chuqur joy egallagan marhum olim va ijodkorlar mukofotlangan: «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan Oripov O‘ktam — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, jarroh olim G‘afurov Vali — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib Jalolov To‘xtasin  — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon Qobulov Vasil Qobulovich — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, kibernetik olim Qosimov Begali — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim Muhammedov Quddus (Quddus Muhammadiy) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri Parfiyev Tursunali (Rauf Parfi) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri Rajabov Murod Yodgorovich — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor Rustamov Alibek Rustamovich (Alibek Rustamiy) — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim Sulaymonov To‘ra (To‘ra Sulaymon) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri To‘xtasinov Mamirjon Salimjonovich — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda Xoliqov Muhriddin Jaloliddinovich — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Hamraboyev Ibrohim Hamraboyevich — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, geolog olim Yusupov Muhammadjon (Muhammad Yusuf) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri   «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Oqilova Viloyat Isaharovna — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, baletmeyster Ahmedova Rimma Ashurovna — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi Vahobov Ismoil — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi Madaliyev Oxunjon Nusratovich — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Nazarov Anorqul Mamadovich (Anor Nazarov) — O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, kompozitor Obidjonov Anvarjon (Anvar Obidjon) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri   «Do‘stlik» ordeni bilan Yo‘ldoshev Bahodir — «Diydor» teatr-studiyasi badiiy rahbari

Teglar

Mavzuga oid