add

Prezident Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh soha xodimlarini mukofotladi

Prezident farmoni bilan Vatan himoyasi, jamoat xavfsizligi va tinchlikni ta’minlashda alohida fidoyilik ko‘rsatgan xizmatchilar taqdirlandi.

Prezident Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh soha xodimlarini mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni qabul qilindi.

Farmonda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini oshirish, davlat xavfsizligi va chegaralar daxlsizligini ta’minlashda ko‘rsatilgan xizmatlar alohida e’tirof etilgan.

Shuningdek, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda namunaviy faoliyat olib borgan harbiylar va xodimlar mehnati yuqori baholangan.

Farmonga muvofiq, xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik va jasorat ko‘rsatgan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda malakali kadrlar tayyorlashga hissa qo‘shgan shaxslar davlat mukofotlari, orden va medallar bilan taqdirlandi.

«Mardlik» ordeni bilan

Ahmedov Sherzod Hurmatjon o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi

Vapayev Sardarbek Rajabbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri

Madiyev Hakim Abdumurat o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi

Xudayberganov Xurshid Xamdamovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Sayfutdinova Irina Vladimirovna – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni xizmat katta ofitseri 

«Jasorat» medali bilan

Abdullayev Alishoh Ilhom o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

Amonov Nodirjon Ibodilloyevich – Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Buxoro shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi

Ibragimov Azimjon Siddiq o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

Kim Aleksandra Vladimirovna – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi batalyoni guruh katta mutaxassisi

Lapasov Muslumbek Sayfulla o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi

Muminov Vaxobjon Abduvaliyevich (marhum) – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori

Muhammadov Jasurjon Rasul o‘g‘li (marhum) – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

Suleymanov Ziyodullo Murodillo o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi

Uzaqov Avazbek Tilavoldiyevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Xusainov Inom Taxirovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i

Shomuratov Mansur Buriyevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz katta o‘qituvchisi

Ergashev Amirxon Baxriddinovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari

Qo‘shanov Mansur Burxon o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Abdimo‘minov Abror Isroilovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti guruh inspektori

Aliev Jamshid Valijonovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy qism qorovul boshlig‘i

Badalboyev Feruz Yusufovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i

Boboyev Mirshod Murotovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi markaz boshlig‘i

Buvayev Turg‘unboy Madaminjonovich – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sud inspeksiyasi rahbari

Jo‘rayev Maqsud Tursunboyevich  – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh katta yo‘riqchisi
Isakov Sobirjon Qodirovich – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi

Karimov Abdurauf Bobur o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandiri

Kasimov Rustam Gulyamovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi direktori

Mamadaliyeva Sanobar Tursunovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi

Niyozov Avaz Aminovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Parpiyev Akmal Norko‘ziyevich – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i

Shukrullayev Murodjon Ilyos o‘g‘li – Toshkent viloyati Toshkent tumani prokurorining o‘rinbosari

Tursunova Gulchehraxon Raximjonovna – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi

Turg‘anboyev Xamidulla Anorboyevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Egamberdiyev Xasan Qurolovich – Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Boyovut tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi smena boshlig‘i

Ergashev Oybek G‘ofirjon o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi departamenti bo‘lim boshlig‘i

 «Shuhrat» medali bilan

Abdusattarov Baxtiyor Abdusamadovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘limi davlat ijrochisi

Adilxadjayev Anvarxuja Abdullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Aytmuratov Ruslan Anvar uli – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Jaksimuratov Mirat Maratovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar ichki ishlar bo‘limi bo‘linma boshlig‘i

Mirtursunov Xurshid Mirkadirovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism vzvod komandiri

Ostonov Mirzoxid Yoriyevich – Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi

Teglar

Mavzuga oid