add

Prezidentga maslahatchilar tayinlandi: Sardor Umrzoqov strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchi bo‘ldi

14.07.2025 | 17:5036434

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan bir qator maslahatchilar tayinlandi. Ularning orasida Prezident Administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umrzoqov ham bor.

Prezidentga maslahatchilar tayinlandi: Sardor Umrzoqov strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchi bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi xabariga ko‘ra, Prezidentning tegishli farmoni bilan quyidagilar yangi maslahatchi lavozimlariga tayinlandi va ilgarigi lavozimidan ozod etildi:  Abdulaziz Hafizovich Komilov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi; G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi; Ravshan Ayubovich G‘ulomov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi; Sardor O‘ktamovich Umrzoqov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi; Mansurbek Polvonzoda Olloyorov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi; Ruslanbek Quroltayevich Davletov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbariga besh nafar o‘rinbosar va kotibiyat mudiri tayinlangani haqida xabar berilgan edi.  

Teglar

Mavzuga oid

Prezidentga maslahatchilar tayinlandi: Sardor Umrzoqov strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchi bo‘ldi | Vaqt.uz